AsosiyJinoyat

Ishtixon tumanidagi biolaboratoriya hududida 48 yoshli erkak jasadi topildi

'Ishtixon tumanidagi biolaboratoriya hududida 48 yoshli erkak jasadi topildi'ning rasmi

Samarqand viloyatning Ishtixon tumanidagi biolaboratoriya hududida 1975 yilda tug`ilgan erkak jasadi topildi. Marhum 1959 yil erkak bilan janjallashib, undan kaltak egan va voqea joyida vafot etgan. Qotillikda gumonlanayotgan erkak esa voqea joyidan ketib qolgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Darakchi.uz’ga ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, 2023 yil 29 iyun kuni soat taxminan 12:30larda Ishtixon tumani “Mirzaqul” mahallasi “Tallak” qishlog`ida joylashgan sobiq “Narpay Elita don” MChJga qarashli Ishtixon bioloborotoriyasi hududida joylashgan dala shiyponi binosining orqa tomonidagi ochiq er maydonidan K.Shning murdasi tan jarohatlari bilan topilgan.

28.06.2023 yil soat taxminan 20:00 da “Mirzaqul” mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish oshxonasida Z.N ovqatlanayotgan vaqtida, marhum Sh.K mast holatda kelib turli xil xaqoratli so`zlar bilan uning shaxsiyatiga tegib sha`ni va qadr-qimmatini kamsitganligi natijasida ularning o`rtasida o`zaro tortishuv kelib chiqib, ular mahalladagi sobiq “Narpay Elita don” MChJga qarashli Ishtixon bioloborotoriyasi hududida joylashgan dala shiyponi binosining orqa tomonidagi ochiq er maydoniga borib janjallashib Z.N tomonidan Sh.K tansining turli sohalariga tan jarohati etkazganligi oqibatida voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman prokuraturasi tomonidan Z.Nga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasim 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Unga ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo`llanilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar