Argentina terma jamaosi etakchisi Lionel Messi assosiasyai rahbariyatidan milliy terma jamoaga “Inter” hujumchisi Mauro Ikardini chaqirmaslikni so`radi. Bu haqda 101 Great Goals portali xabar qilmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Mauro Ikardi “Torino” a`zoasi Maksi Lopesning turmush o`rtog`i – Vanda Narani o`z tomoniga og`dirib olgani uchun Messi shunday iltimos bilan murojaat qilgan. 29 yoshli futbolchining fikricha, bu o`z hamyurti, do`sti va inson nisbatan bo`lgan xoinlik hisoblanadi.
Ma`lumot uchun, ayni damda Messi jarohatidan forig` bo`lish jarayonini boshdan o`tkazmoqda. Katta ehtimol bilan “Barselona” hujumchisi “Manchester Siti”ga qarshi EChL guruh bosqichi 3-turida safga qaytadi.