Xonanda Kaniza o`zi duch kelgan va uni qiynayotgan muhim masalada murojaat bilan chiqdi.
"Hozir bir narsani sizlar bilan bo`lishmasam paqillab ketaman. Prezidentimiz yangi qarorlar chiqardilar, lekin qo`l ostidagilar umuman shug`ullanayotgani yo`q, Hamma yoqda afisha bo`lib yotibdi.
Masalan, yaqinda bitta qaror chiqdi. Internetda yoki ko`chada haqorat uchun 6 mlndan 13 mlngacha jarima, 3 kundan 10 kungacha qamoq jazosi. Yakkasaroy tumanidagi "uchaskavoy" boshlig`iga, Shoxrux degan yigitga 3 marta murojaat qildim. U Prezident qarorini arzimagan sabablar bilan rad qildi. Nima emish meni haqorat qilgan odam boshqa viloyatda ekan, uni olib kelishga benzinga puli yo`g`akan.
Internetda hozir samosud holatlari ko`payib ketdi. Chunki odamlar qonunga ishonmayapti.
Men ham akaxonlarimga, ukaxonlarimga aytsam bo`ladi, borib razbor qilinglar deb. Lekin men demokratman.
Nima uchun qonunlar ishlamaydi. Kerak bo`lsa shu videoni Prezidentgacha ko`rsatishsin, tarqatishsin.
"O`zbekkonsert" dagilar sizni haqorat qilishsa, bizga ayting, himoya qilamiz deyishgandi. Lekin murojaat qilganimda, ulardan sado ham chiqmadi.
Boshqa san`atkorlarni haqorat qilishsa, qonuniy chora ko`rib, jazosini berdirishayotgan ekan", - deydi xonanda.