Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o`zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
Toshkent shahar IIBBga ko`ra, videoda aks etgan janjal joriy yilning 18 iyulga o`tar kechasi taxminan soat 00.40 larda Chilonzor va Uchtepa tumanlari hududida joylashgan Zargarlik ko`chasida sodir bo`lgan.
Voqea joyiga etib kelgan IIO xodimlari fuqarolarni tinchlantirib, huquqbuzar shaxslarni IIBga olib borgan. Janjal natijasida bir nafar fuqaro “peshona sohasi yumshoq to`qimalari lat eyishi” jarohati bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilgan, so`ng uyiga ketgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo`yicha aybdor shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.
O`rganishlar jarayonida, shu kuni taxminan soat 00.30 larda ushbu hududda "NEXIA" va "SOBALT" transport vositalari o`zaro to`qnashganganligi sababli fuqarolar YTHni ko`rish uchun to`planganligi aniqlangan. To`qnashuv natijasida hech kim jarohatlanmagan, to`qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.