AsosiyJinoyat

Xorazmda konfetlar orasiga yashirilgan 580 gramm giyohvandlik vositalari to`xtatib qolindi

'Xorazmda konfetlar orasiga yashirilgan 580 gramm giyohvandlik vositalari to`xtatib qolindi'ning rasmi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda, “Urganch xalqaro aeroporti” yaqinida tezkor tadbir o`tkazdi. Bu haqda Darakchi.uz manbasi xabar berdi.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida, yurtimizga uchib kelgan fuqaro S.A. tomonidan konfetlar orasida yashirincha olib kelingan 10 dona selofan paketchalardagi o`rami bilan og`irligi 175 grammga teng bo`lgan “geroin” giyovandlik vositasi hamda 16 dona selofan paketchalardagi o`rami bilan og`irligi 405 grammga teng bo`lgan “gashish” giyovandlik vositasini fuqaro M.A. qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar