21 iyul kuni musulmon diniga e`tiqod qiluvchi fuqarolar olomon Moskva ko`chalari bo`ylab yurish qildi. Ular Rossiya xavfsizlik kuchlarining harakatlariga qarshi namoyish o`tkazgan.
Ya`ni, bir necha kun avval Rossiya xavfsizlik kuchlari masjidni tintuv qilish uchun kelgan, biroq ular musulmonlar urf-odatlari talab qilganidek, oyoq kiyimlarini echmaganlar.
Internetda norozilik namoyishi aks etgan video e`lon qilindi. Videoda Moskva ko`chalarida bir necha o`nlab, ehtimol bir necha yuz nafar katta yoshli erkaklar kolonnasi qanday harakatlanayotgani ko`rsatilgan. Kimdir yuzini berkitadi, kimdir ochiq yuryuribdi. Vaqti-vaqti bilan “Alloh Akbar!” deya baqirib, ma`lum bir yo`nalish bo`ylab xotirjam yurishgan.
"Moskvich" Telegram kanaliga ko`ra, xavfsizlik kuchlarining reydlari Kotelniki (Moskvaning janubi-sharqiy chekkasi, Lyubertsi shahriga tutash)dagi ibodatxonada bo`lib o`tgan. Qayd etilishicha, musulmonlar tomonidan norozilik namoyishiga chaqiriqlar tarmoqda bir kun avval, ya`ni 20 iyul kuni paydo bo`lgan. Tartibsizliklardan qo`rqib, Bolshaya Tatarskaya ko`chasidagi masjid yonida polisiya va Milliy gvardiyaning bir necha avtobuslari yig`ildi.
Hatto Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham xavfsizlik kuchlarining harakatlariga norozilik bildirgani aytilmoqda.