AsosiyJamiyat

Surxondaryolik 10 yoshli qiz Ispaniyada xalqaro tanlovda oltin medalni qo`lga kiritdi

'Surxondaryolik 10 yoshli qiz Ispaniyada xalqaro tanlovda oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

10 yoshli surxondaryolik o`quvchi Ispaniyada bo`lib o`tgan xalqaro tanlovda barchani hayratga solib, oltin medal sohibiga aylandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.  

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 10-13 iyul kunlari Ispaniyaning Loret de Mar shahrida yosh musiqachilar o`rtasida “Sea sun festival” xalqaro tanlovida Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 15-maktabning 5-sinf o`quvchisi Charos Absoatova muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal sohibasi bo`ldi.

10 yoshli o`quvchi qiz yigirmadan ortiq davlatdan kelgan iqtidorli yosh musiqachilar o`rtasida o`zbek milliy cholg`u san`atini mohirlik bilan namoyish etdi. "Dutor" yo`nalishi bo`yicha o`zbek milliy kuylaridan "Rohat" va "Lazgi" popuri kuylarini ijro etdi.

Qayd etilishicha, Charos dutor chalish sirlarini ustozi, Xalq ta`limi a`lochisi Muhabbat Shodievadan o`rganish uchun Termiz shahridan Sherobodga qatnaydi.  Surxondaryo viloyati hokimi Ulug`bek Qosimov ko`magida xalqaro tanlovda ishtirok etgan iqtidorli o`quvchi o`z ijrosi bilan barcha ishtirokchilar tahsiniga sazovor bo`ldi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar