2023 yil 1 avgustdan boshlab Panorama Airways aviakompaniyasi Samarqanddan Madinaga to`g`ridan-to`g`ri muntazam reysni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Samarqanddan Madinaga parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari Samarqanddan soat 12:50 da Airbus 320 havo kemalarida amalga oshiriladi.






