AsosiyJamiyat

Bokuda 1 tonnalik osh tayyorlanadi

'Bokuda 1 tonnalik osh tayyorlanadi'ning rasmi

Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida 1-4 avgust kunlari “O`zbekiston madaniyat kunlari” bo`lib o`tadi. Tadbirlar dasturidan qator madaniy, adabiy tadbirlar o`rin olgan. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Qiziq jihatlardan yana biri – 3 avgust kuni Boku shahridagi “Bulvar bog`i”da o`zbek milliy oshpazlik va hunarmandchilik ko`rgazmalari ochiladi. Ularda o`zbek milliy oshxonasining va mahoratli hunarmandlarimizning salohiyati namoyish etiladi. Ko`rgazma doirasida 1 tonnalik o`zbek palovi tayyorlanadi va ishtirokchilarga tarqatiladi.

Shuningdek, tadbirlar davomida o`zbekistonlik mehmonlar Ozarbayjonning diqqatga sazovor va tarixiy obidalari bilan ham tanishadi.

 

    Boshqa yangiliklar