Internet ijtimoiy tarmoqlarida erkak o`zganing mshainasini katta ko`chada tosh bilan urib, mashinaning oynalarini sindirib, pachoqlab tashlagani aks etgan video tarqalmoqda.
Videoxabar Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, joriy yilning 1 avgust kuni Farg`ona shahrida yashovchi fuqaro Sh.S. “Yandeks” firmasiga taksi buyurtma qilgan hamda buyurtmani mazkur firma haydovchisi Farg`ona shahrida yashovchi 2002 yilda tug`ilgan I.R. qabul qilib, birozdan so`ng o`z boshqaruvidagi “ Cobalt” rusmli avtomashinasida S.Sh. turgan S.Temur ko`chasiga etib kelgan.
Biroq, fuqaro Sh.S. haydovchi I.R.ning telefon apparati o`chib qolganligidan va uning qo`ng`irog`iga javob bermaganidan jahli chiqib, u bilan o`zaro janjallashib, I.R.ning avtomashinasi oynalarini tosh bilan urib sindirib yuborgan.
Hozirda holatning barcha ishtirokchilari shaxsiga oydinlik kiritilib, Farg`ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, mulkka etkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo`yicha, tegishli tartibda ekspertiza tayinlangan.