AsosiyJamiyat

“Qo`lingizda miltiq bo`lsa, otib tashlang”. Surxondaryoda maktab direktori katta yig`ilishda viloyat hokimiga gapirib tashladi (video)

'“Qo`lingizda miltiq bo`lsa, otib tashlang”. Surxondaryoda maktab direktori katta yig`ilishda viloyat hokimiga gapirib tashladi (video)'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surxondaryo viloyati hokimi ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishda Sariosiyodagi 29-maktab direktori Umida Tursunova bilan bog`liq holat keskin muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Unda direktor ayol nohaq ishdan bo`shatilganini aytib, qator nohafliklarni gapirib tashlar ekan, “Miltiq bo`lsa otib tashlang” deya jonidan o`tib ketganini bildirgan. Videoda ayolni IIB xodimlari olib chiqib ketgani aks etgan. Shundan so`ng, direktorning qamab qo`yilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Ayni paytda holat bo`yicha Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri munosabat bildirdi.

“Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori bilan bog`liq vaziyatni shaxsan o`z nazoratimga oldim. Maktab direktori ayni damda ma`muriy qamoq jazosidan ozod etildi.

Shu o`rinda ta`lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs o`z muomala madaniyati bilan barchaga o`rnak bo`lishi lozimligini eslatib o`tmoqchiman”, - deyilgan vazir munosabatida.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar