Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda muqaddam sudlangan A.A. “B.B.” MChJ rahbari Sh.D.ning ishonchiga kirib, unga tijorat banklaridan 1 mlrd so`m kredit olib berish evaziga 5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.