AsosiyDunyo

Parijdan uchgan samolyotda o`g`il, Myanmadagi mahalliy reysda esa qizaloq dunyoga keldi (video)

'Parijdan uchgan samolyotda o`g`il, Myanmadagi mahalliy reysda esa qizaloq dunyoga keldi (video)'ning rasmi

Parijdan Martinikaga uchayotgan samolyotda ayol o`g`il tug`di

Ma`lum qilinishicha, 24 avgust kuni qo`nishga bir soat qolganda yo`lovchi chaqaloqni dunyoga keltirgan. Parvoz taxminan 8,5 soat davom etgan. Ayolning tug`urug`i kelgach, u bilan birga parvozda bo`lgan ikki stajyor va hamshira tug`ishda muvaffaqiyatli yordam berishgan. Ona va bola qo`nganidan keyin tez yordam mashinasi ularni kasalxonaga olib ketgan.

Qoidaga ko`ra, homiladorlikning kech davridagi ayollarga havo safari taqiqlanadi, aviakompaniyalar aviakompaniyalardan ruxsatnoma bo`lmasa, ularni rad etishlari mumkin. 

Shuningdek, ikki kun avval Myanmada Tachileyk-Yangon yo`nalishida uchayotgan samolyotda bir ayolning ko`zi yoridi. Hodisa Tachileykdan havoga ko`tarilganidan 20 daqiqa o`tib sodir bo`lgan. Bortda shifokor bo`lmagan, qiz chaqaloq yo`lovchilar yordami bilan dunyoga kelgan. Ona va bola sog`lom ekani xabar qilinmoqda.

Eslatib o`tamiz, Uzbekistan Airways kompaniyasining Toshkentdan Namanganga uchgan NU273 reysi bortida 26 aprel kuni o`g`il bola dunyoga kelgan edi. Sal avval esa, Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot bortidagi homilador ayolni to`lg`oq tutgani uchun Toshkentga qo`ndirilgan.

 

 

Boshqa yangiliklar