Daniya Qur`on, Injil va Tavrotni ommaviy ravishda yoqishni taqiqlaydi. Bu haqda ushbu mamlakat adliya vaziri Piter Xummelgordning so`zlariga tayanib TASS axborot agentligi xabar bergan.
Xummelgordning ma`lum qilishicha, muqaddas kitoblarning yoqib yuborilishi Daniya fuqarolari uchun ham uyda, ham xorijda xavfsizlikka tahdidlarni kuchaytirgan.
Qayd etilishicha, hozirda Daniya hukumati tegishli qonun loyihasini tayyorlamoqda. Agar qonun qabul qilinsa, qoidabuzarlar ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.