AsosiyJamiyat

Xorazmda sodir bo`lgan dahshatli avtohalokatda 8 nafar namanganlik vafot etdi

'Xorazmda sodir bo`lgan dahshatli avtohalokatda 8 nafar namanganlik vafot etdi'ning rasmi

Xorazmda 8 kishining o`limiga sababchi bo`lgan dahshatli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda “darakchi.uz” manbasi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, bugun, 9 sentyabr kuni soat 06:48larda Buxoro viloyati Romitan tumanida Namangan viloyati davlat raqami bo`lgan “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan "FAW” rusumli yuk avtomobili bilan to`qnashishi oqibatida YTH sodir bulgan.

Avtohalokat oqibatida 3 nafar fuqaro voqea joyida va 5 nafari shifoxonada vafot etgan. Vafot etganlarning barchasi Namangan viloyatidan bo`lib, ular orasida 9 yoshli qizaloq ham bo`lgan.

Voqea joyiga Prokuratura, FVB, IIB, SSB hamda tezkor tergov guruhi xodimlari chiqishgan.

Sodir bo`lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilindi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar