Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda, fuqaro A.A fuqaro M.A.ni 14 000 AQSh dollari evaziga Samarqand-Istambul-Madrid-Nikaragua yo`nalishi bilan Amerika Qo`shma Shtatlariga ishga yuborishni va`da qilib, shundan 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.