AsosiyJamiyat

Amudaryo tumanida sodir bo`lgan YTHda 7 nafar yo`lovchi vafot etdi. Ulardan 6 nafarining shaxsi noma`lum

'Amudaryo tumanida sodir bo`lgan YTHda 7 nafar yo`lovchi vafot etdi. Ulardan 6 nafarining shaxsi noma`lum'ning rasmi

Bugun, 16 sentyabr kuni  Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tumanida sodir bo`lgan YTHda 7 nafar yo`lovchi vafot etgan. Bu haqda Darakchi.uz manbasi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishacha, shu kuni soat 08:35larda Amudaryo tumani hududidan o`tuvchi A-380 ‘Tuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yulining 747-748 km. oralig`ida Nukus shahridan harakatlanib kelayotgan “Neksiya-1” rusumli avtomobil boshqaruvini yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli avtomobil bilan to`qnashishi oqibatida YTHsodir bo`lgan.

YTH oqibatida 7 nafar fuqaro vafot etgan va 3 nafar fuqaro shahar shifoxonasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolarning bir nafarining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Qolgan 6 nafar fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilmokda.

Voqea joyiga shahar Prokuratura, IIB, FVB, SSB hamda tezkor tergov guruhi xodimlari chiqishgan.

Sodir bo`lgan YTX yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar