AsosiyJamiyat

Suriya va Afg`oniston Osiyo o`yinlarida qatnashmaydigan bo`ldi

'Suriya va Afg`oniston Osiyo o`yinlarida qatnashmaydigan bo`ldi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o`yinlari yo`llanmasini qo`lga kiritgan edi.  

23 yoshgacha bo`lga futbolchilarimiz Osiyo o`yinlari guruh bosqichida Afg`oniston, Suriya va Gon Kong jamoalariga qarshi maydonga tushishi kerak edi.

Biroq, guruh bahslari boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg`oniston futbol jamoalari XIX Osiyo o`yinlarida ishtirok eta olmasligini ma`lum qildi.

Shu tariqa Osiyo o`yinlarining futbol dasturida "C" guruhidan o`rin olgan Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz taqvimida o`zgarish yuz berdi.  

Vaziyatdan chiqish maqsadida o`yinlar tashkiliy qo`mitasi bu holat bo`yicha Osiyo futbol konfederasiyasiga murojaat qildi va yakunda guruhda qolgan 2 jamoa ishtirokni davom ettirishi ma`lum qilingan. Shu bois, endi O`zbekiston va Gon Kong jamoalari o`zaro ikki uchrashuvda kuch sinashgan holda guruh g`olibini aniqlab olishadi. Yangi taqvim bo`yicha o`yinlar 22 va 25 sentyabr sanalariga belgilandi.

Avvalroq, O`zbekiston U-23 terma jamoasi Gon Konglik tengdoshlari ustidan 10 - 0 hisobida g`alaba qozongani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar