AsosiyJamiyat

Farg`onada ichki ishlar xodimlari bolali ayolni tepib, mashinaga o`tqazdi (video)

'Farg`onada ichki ishlar xodimlari bolali ayolni tepib, mashinaga o`tqazdi (video)'ning rasmi

Tarmoqlarda Farg`ona shahrida ikki nafar ichki ishlar xodimi yosh bolali ayolni majburlab, post-patrul mashinasiga o`tkazayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Tasvirda ko`rinishicha, ayolni ichki ishlar xodimi tepib, avtomobilga o`tkazgan.

Holat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G`iyosov izoh berdi.

“Ayni paytda go`daklar va voyaga etmagan bolalarning ota-onalari va qarindoshlari tomonidan yo`llarda, bozorlar va boshqa joylarda tilanchilik qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Katta ehtimol bilan, videoda bolasi bilan yo`lda tilanchilik qilayotgan ayol olib ketilmoqda. Albatta, bu qo`pol munosabatni oqlamaymiz va bunga qonuniy chora ko`riladi”, — dedi Shohrux G`iyosov.

Qo`shimcha qilinishicha, holat o`rganilmoqda va mazkur masala yuzasidan ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar