Bugun, 18 sentyabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko`rsatilgan komplektasiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktasiya ochiladi. Bu haqda UzAuto Motors axborot xizmati ma`lum qildi.
Aytilishicha, bir oy avval tuzilgan shartnomalar bo`yicha dilerlik markazlari xaridorlarga Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarini muddatidan oldin etkazib berishni boshlagan.
“Ishlab chiqarish hajmini oshirish bo`yicha ko`rilgan chora-tadbirlar samarasi o`laroq, barcha mavjud ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining qo`shimcha partiyasini ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlari ham ishlab chiqildi.
Qolaversa, avval xabar berilganidek, kompaniya avtomobillarni etkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etmoqda. Shuningdek, barcha tuzilgan shartnomalar bo`yicha avtomobillar qisqa vaqt ichida o`z egalariga etkazib beriladi.
Bugun, 18 sentyabr UzAuto Motors rasmiy saytida ko`rsatilgan komplektasiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktasiya ochilmoqda. Avtomobillar soni cheklangan”, — deyiladi xabarda.