Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda uyali aloqa vositalarini yashirincha olib kirilishini fosh qildi.
“Farg`ona – Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “KIA BONGO” rusumli avtotransport vositasi Namangan viloyatiga kirish yo`l patrul xizmati maskanida to`xtatilib ko`zdan kechirildi. Natijada avtomashinaning yukxonasida maxsus yasalgan xufiyadonga joylashtirilgan xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan, dastlabki umumiy qiymati 1 milliard 501 million so`mlik 7 turdagi jami 420 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.