AsosiyJamiyat

Toshkentda Ozarbayjon milliy musiqa kuni nishonlandi

'Toshkentda Ozarbayjon milliy musiqa kuni nishonlandi'ning rasmi

Ozarbayjon milliy musiqa kuni munosabati bilan O`zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida “Bashar madaniyati durdonasi – Ozarbayjon musiqasi” deb nomlangan tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Madaniyat saroyi foesida tashkil etilgan “Kavkaz konservatoriyasi – ozod Shusha” hamda Buyuk Yo`lboshchi Haydar Aliev tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan foto va nashrlar ko`rgazmasi  bilan tanishdi.

Dasturxon ustida o`tkazilgan musiqa bayramida Buyuk Lider Haydar Alievning Uzeyir Hojibeyovning milliy madaniyatimizga qo`shgan hissasi haqidagi so`zlari, Uzeyir Hojibeyov ijodi va Shusha shahrida Prezident Ilhom Aliev ishtirokida o`tkazilgan tadbirlar haqidagi fikrlari, Xaribulbul festivaliga bag`ishlangan videomaterial namoyish etildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov mehmonlarni qutlab, Milliy musiqa kuni Ozarbayjonning zamonaviy professional musiqa san`ati asoschisi, musulmon Sharqidagi ilk opera muallifi, daho bastakor, musiqashunos, publisist, pedagog, jamoat arbobi Uzeyir Hojibeylining tavallud kuni munosabati bilan tashkil etilganini ta`kidladi.  

U 18 sentyabr – Uzeyir Hojibeylining tavallud topgan kuni Buyuk Yo`lboshchi Haydar Alievning farmoni bilan Ozarbayjonda Milliy musiqa kuni sifatida nishonlanganini alohida ta`kidlab, Ozarbayjonning boy madaniyati va musiqa san`atining jahondagi o`rni haqida so`zlab berdi.  

So`zga chiqqanlar,“O`zbekiston-Ozarbayjon” do`stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti musiqa fakulteti dosenti Davron Qodirov o`zbek va ozarbayjon xalqlari o`rtasidagi do`stona munosabatlar haqida so`z yuritib, tilimiz, dinimiz, an`analarimiz, xalqimiz o`rtasidagi do`stona munosabatlarga alohida e`tibor qaratdi. Ozarbayjon musiqasi butun dunyoda tanilgani va sevilgani va doimo yangrayotgani qayd etildi. So`zga chiqqanlar Ozarbayjon milliy musiqasining O`zbekistonda ham keng tarqalganini ta`kidladilar.

Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi Kaykeb Alieva nomidagi “Shusha” raqs ansambli “Uzundera” milliy raqsini namoyish etdi.

Xonandalar Rena Azizova, Davron Qodirov, Sevinch Ro`zmetova, Nilufar Qo`shoqova, Fotima Safoeva Ozarbayjon va o`zbek tillarida qo`shiqlar kuylashdi, ozarbayjonlik musiqa ustasi Ilhom Abdullaev milliy kuylarni, o`smir pianinochi Ali Abbosli fortepianoda “Dada Qo`rqud” dostonidan parcha ijro etdi.

Tadbirda 30 yildan so`ng Qorabog` farzandi, dunyoga mashhur bastakor Uzeyir Hojibeyovning vatani, Ozarbayjon musiqasining beshigi, turkiy dunyoning madaniy poytaxti Shusha shahri arman istilosidan ozod qilingani g`urur bilan ta`kidlandi. Bugun Ozarbayjon davlatining oqilona siyosati samarasida ozod Shusha shahrida keng ko`lamli restavrasiya va qurilish ishlari olib borilmoqda, xalqaro madaniy tadbirlar va festivallar o`tkazilmoqda, ushbu madaniyat poytaxtida  daho ijodkor Uzeyir Hojibeyov byusti va haykali qayta o`rnatildi.

    Boshqa yangiliklar