1

Xorij fuqarosiga 12 ming AQSh dollari evaziga O`zbekistonga kirish vizasini olib berishni va`da qilgan shaxslar ushlandi

Jinoyat 19.09.2023, 17:00
Xorij fuqarosiga 12 ming AQSh dollari evaziga O`zbekistonga kirish vizasini olib berishni va`da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqarolar B.K. va A.N. xorijiy davlat fuqarosi A.S.ning ishonchiga kirib, uning tanishi A.H. va oila a`zolariga O`zbekiston Respublikasiga kirish vizasini tanishlari yordamida 12 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishni va`da qilishib, oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1