AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva AQShda ilm-fan va boshqa sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan o`zbekistonliklar bilan uchrashdi

'Saida Mirziyoeva AQShda ilm-fan va boshqa sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan o`zbekistonliklar bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoeva AQShda ilm-fan va boshqa sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan o`zbekistonliklar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Bu haqda u o`zining Telegram dagi kanalida ma`lum qildi.

Ular qatorida Kolumbiya universitetida O`zbekistondan birinchi ayol-professor Aziza Shonazarova, Viskonsin universiteti katta ilmiy xodimi Bekzod Hoshimov, Garvard universiteti katta ilmiy xodimi Botir Qobilov ham bor.

Saida Mirziyoeva ilm-fan va boshqa sohalarda yuksak muvaffaqiyatlarga erishayotgan o`zbekistonliklar yildan yilga ko`payib borayotganidan xursandligini bildirgan.

“Yigit-qizlarimiz mehnati jahonning eng nufuzli ta`lim muassasalarida qanday e`tirof etilayotganini ko`rib, g`ururlanaman. Va ishonamanki, vaqti kelib bu yoshlarimiz yurtimiz ilm-fanini rivojlantirishga ham o`z hissalarini qo`shadilar”, — deb yozadi Mirziyoeva.

 

    Boshqa yangiliklar