AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi to`yda kelin-kuyovning yaqinlari mushtlashishdi

'Qashqadaryodagi to`yda kelin-kuyovning yaqinlari mushtlashishdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yoshlar to`yda ommaviy mushtlashuv uyushtirgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 2 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi to`yxonada sodir bo`lgan. Ma`lum bo`lishicha, mushtlashuvda kelin-kuyovning do`stlari va qarindoshlari ishtirok etgan.

Mazkur hodisaning 11 nafar ishtirokchisiga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Qo`shimcha qilinishicha, voqeadan keyin tomonlar uchrashib, bir-birlariga qarshi yozilgan arizalarni qaytarib olishgan.

    Boshqa yangiliklar