AsosiyJamiyat

Buxoroda ayolni "behayo" suratlarini internetda tarqatish bilan qo`rqitgan shantajchi talaba bo`lib chiqdi

'Buxoroda ayolni "behayo" suratlarini internetda tarqatish bilan qo`rqitgan shantajchi talaba bo`lib chiqdi'ning rasmi

Buxorolik talaba 35 yoshli ayolning profilidagi fotosuratlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, yalang`och holdagi behayo fotosuratlari yaratadi. Ayolni ushbu behayo fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, sharmanda qilmaslik uchun 200 AQSh dollari miqdorida pul talab qiladi.

Kiberxavfsizlik bo`linmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida 19 yoshli talaba pullarni ayoldan olgan vaqtida, daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi  bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, yigitning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

JKning 165-moddasi 1-qismi bo`yicha sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar