AsosiyJamiyat

Bozorlarda uzum narxining qimmatlashgani bilan bog`liq xabarlarga munosabat bildirildi

'Bozorlarda uzum narxining qimmatlashgani bilan bog`liq xabarlarga munosabat bildirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda uzum narxining oshib ketganligi bilan bog`liq turli xabarlar tarqaldi.

Qishloq xo`jaligi vazirligining ma`lum qilishicha, o`ta qimmat narxlar haqidagi xabar asossiz bo`lib, gibridlangan yoxud navi o`zgartirilgan yirik uzumlarning narxi oddiy mahalliy navlardan qimmatroq. Misol uchun, “Avatar” navli uzumning 1 kilosi 35 ming so`mdan 70-80 ming so`mgacha, “Mersedes” navli uzumning kilosi 30 ming so`mdan 70 ming so`mgacha ekanligi aniqlandi.

Qora kishmish va husayni uzumining narxi esa xaridorlar uchun maqbul narxda sotilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidek, barcha uzum navlari ham qimmat emas. Iste`mol uchun yaroqli, ta`mi shirin mahalliy “Kishmish”, “Ketmon sopi”, “Kelin barmoq” navli uzumlarimizning narxi esa 15 mingdan 40 ming so`mgacha sotilmoqda. “Toyfi” navli kuzda pishib etiladigan uzumning narxi 10-15 ming so`m atrofida sotilmoqda.

Nashrlar tomonidan keltirilgan 200 ming so`m turadigan uzumga kelsak, gibrid etishtirilgan va doimiy iste`molga taqdim etilgan nav haqida so`z ketmayapti. Kunlik iste`mol va boshqa maqsadlar uchun xarid orasidagi aniqlikni to`g`ri qo`yishni so`raymiz, — deydi mutasaddilar.

    Boshqa yangiliklar