AsosiyDunyo

Qorabog`dagi aksilterror operasiyasida halok bo`lganlar soni 30 nafarga yaqinlashdi

'Qorabog`dagi aksilterror operasiyasida halok bo`lganlar soni 30 nafarga yaqinlashdi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 19 sentyabrga o‘tar kechasi Qorabog‘da noqonuniy qurolli guruhlar aʼzolari tomonidan o‘rnatilgan mina portladi

Ozarbayjon tomonidan eʼlon qilingan “aksilterror” operatsiyasi natijasida Qorabog‘da 27 kishi halok bo‘lgan, ulardan ikki nafari tinch aholi, deb xabar qildi inson huquqlari bo‘yicha komissar Gegam Stepanyan 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaradorlar 200 dan oshgan. Qayd etilishicha, bu raqamlar Askeran va Martuniydagi tibbiyot muassasalari maʼlumotlarini o‘z ichiga olmaydi, chunki ular bilan hali aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan.

Qorabog‘dagi Askeran, Martakert, Martuni va Shusha viloyatlaridagi 16 ta aholi punktidan 7 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, deya qo‘shimcha qildi Stepanyan.

Maʼlumot uchun: 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida “mahalliy aksilterror choralari” boshlanganini eʼlon qildi. Kechqurun Boku Qorabog‘da "60 dan ortiq jangovar pozitsiyalar" nazoratga olingani haqida xabar berdi.

Ozarbayjon Armaniston qurolli kuchlarini mintaqadan olib chiqib ketishni talab qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar