Kengashning 2023 yil 19 sentyabr kungi qaroriga asosan Andijon viloyatida foydalanilgan toza ichimlik suvi hamda ko`rsatilgan oqova suv xizmatlari uchun to`lovlar qiymati o`zgartiriladigan bo`ldi. Bu haqda "O`zsuvta`minot" xabar qildi.
Unga ko`ra, Andijon viloyatida suv ta`minoti va kanalizasiya xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlar qiymati quyidagicha:
Ichimlik suvi etkazib berish narxi:
1) Aholi uchun 1 m3 – 1500 so`m;
2) Byudjet tashkilotlari uchun 1 m3 -2400 so`m;
3) Yuridik tashkilotlar uchun 1 m3 -3800 so`m.
Oqova suv xizmati narxi:
1) Aholi uchun 1 m3 – 1500 so`m;
2) Byudjet tashkilotlari uchun 1 m3 -2400 so`m;
3) Yuridik tashkilotlar uchun 1 m3 -3200 so`m.
Qayd etilishicha, yuridik iste`molchilar uchun o`zgartirilgan tarif amaldagi elektr ta`minoti tarifi asosida shakllantirilgan.
Tasdiqlangan tariflar ommaviy axborot vositalarida e`lon qilingandan keyin o`n besh kun o`tgach kuchga kiradi.
Eslatib o`tamiz, sal avval Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ichimlik suvi narxi oshirilgani xabar qilingan edi.