AsosiyJamiyat

Ozarbayjon Qorabog`da qurolli hujumni to`xtatdi

'Ozarbayjon Qorabog`da qurolli hujumni to`xtatdi'ning rasmi

Ozarbayjonning Qorabog` viloyatida konstitusiyaviy tuzumni tiklash bo`yicha mahalliy aksilterror tadbirlari to`xtatildi. Bu haqda bugun, 20 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi ma`lum qildi. 

Bayonotga ko`ra, Qorabog`dagi arman aholisi vakillarining Rossiya tinchlikparvar kontingenti orqali kelib tushgan murojaatini inobatga olib, 2023 yil 20 sentyabr kuni soat 13: 00 dan boshlab quyidagi shartlar asosida mahalliy aksilterror tadbirlarini to`xtatish bo`yicha kelishuvga erishilgan: 

- Armaniston Qurolli kuchlarining tuzilmalari va Ozarbayjon Respublikasining Qorabog` viloyatida joylashgan noqonuniy arman qurolli tuzilmalari qurollarini tashlab, jangovar pozisiyalari va harbiy postlarini tashlab, to`liq qurolsizlantiriladi. Armaniston qurolli kuchlari bo`linmalari Ozarbayjon hududini tark etmoqda, noqonuniy arman qurolli tuzilmalari tarqatib yuborilmoqda. 

- Shu bilan birga barcha qurol-yarog` va og`ir texnikalar topshiriladi. 

- Yuqoridagi jarayonlarni amalga oshirish Rossiya tinchlikparvar kontingenti bilan kelishilgan holda ta`minlanadi. 

    Boshqa yangiliklar