Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahar hokimi o`zini rag`batlantirish uchun 75 million so`m mablag` ajratganiga oid e`lon qilingan xabarlar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan o`rganish o`tkazildi.
O`rganishda Qarshi shahar hokimining 2023 yil 25 avgustdagi 251-4-69-Q/23-sonli qarori amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga zid tarzda qabul qilinganligi aniqlandi.
Agentlik tomonidan viloyat hokimligiga korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko`rish to`g`risida taqdimnoma kiritilgan.
Taqdimnomaga asosan, viloyat hokimining 2023 yil 19 sentyabr kuni qarori bilan Qarshi shahar hokimining mazkur qarori bekor qilindi.






