Avval xabar qilinganidiek, Namangan viloyati Chust tumanida 90 nafarga yaqin bola yod preparatidan zaharlangani aytilmoqda. Viloyat SSB murojaat qilgan bolalar soni 71 nafar ekanini ma`lum qildi, shuningdek, SSV 10 nafar bolaga uyiga javob berilganini va vazitya nazoratda ekanini bildirdi.
Bosh prokuratura holat bo`yicha rasmiy bayonot berdi.
Ma`lum qilinishicha, Chust tumanida voyaga etmagan bolalar zaharlanishi yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
"Tekshirish davomida voyaga etmagan bolalarning zaharlanishi sabablari aniqlanadi va bu haqida qo`shimcha ravishda xabar qilinadi. Voyaga etmagan bolalar nimadan zaharlanganligi hali noma`lum bo`lganligi sababli jamoatchilikdan noto`g`ri va turli taxminlarga asoslangan xabarlarni tarqatmasliklarni so`rab qolamiz. Tekshirish jaraeni nazoratga olingan. Chust tumanida favqulodda holat e`lon qilinganligi xaqidagi xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi",- deyiladi rasmiy xabarda.