AsosiyJamiyat

Klinik ordinaturaga  nomzodlarning test sinovi xarajatlari tegishli tibbiy muassasa tomonidan qoplanadi

'Klinik ordinaturaga  nomzodlarning test sinovi xarajatlari tegishli tibbiy muassasa tomonidan qoplanadi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug`i bilan:

 2023/2024 o`quv yilida klinik ordinatura yo`nalishi bo`yicha imtihonlarni tashkil etish maqsadida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi;

bu borada foydalaniladigan test variantlari  tafsilotlari;

 ularni shakllantiruvchi fan ekspertlari guruhi tasdiqlandi.

Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Unga ko`ra:

tibbiyot oliy ta`lim muassasalari va ularning filiallari;

 Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi;

respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari;

 ilmiy tadqiqot institutlarida

klinik ordinatura va internatura mutaxassisliklari bo`yicha kirish imtihonlari bir bosqichli test sinovlari asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o`tkaziladi.

Bunda har bir talabgor uchun BHMning yarim baravari miqdoridagi to`lov tegishli tibbiy ta`lim muassasasi tomonidan to`lab berilishi belgilangan.

 

    Boshqa yangiliklar