AsosiyJamiyat

Samarqanddagi bog`chalarning birida ovqatga go`sht o`rniga suyak solib tayyorlanayotgani haqida xabar tarqaldi (video)

'Samarqanddagi bog`chalarning birida ovqatga go`sht o`rniga suyak solib tayyorlanayotgani haqida xabar tarqaldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy  tarmoqlarda "Bog`cha qozoniga solinishi kerak bo`lgan 12 kilo go`sht “cho`michga chiqmadi” sarlavhali videolavha tarqaldi.

Holat yuzasidan Samarqand  viloyati Maktabgacha va maktab  ta`limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 sentyabr kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ishchi guruhi  Qo`shrabot tumanidagi 5-DMMTda o`rganishlar olib borish jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi viloyat boshqarmasi ishchi guruhi ham bog`chadagi holatni o`rganish uchun 5-DMMT ga kirib kelgan.

Ma`lumotga ko`ra, o`sha kuni bog`chaga 110 nafar tarbiyalanuvchi kelgan. Ularga SanPin normalariga ko`ra, 80 grammdan go`sht berilishi , 10 grammdan sir berilishi belgilanganligi nazarda tutilsa, shu  kuni qozonga 110 nafar bolaga 12 kg emas,  8 kg 800 gramm  go`sht solinishi lozim bo`lgan. Shuningdek, har bir bolaga 10 garmmdan,  jami, 1 kg 100 gramm sir berilishi lozim bo`ladi. MTT ning 22 sentyabr kungi taomnomasida sir berilishi ko`rsatilmagan.

22 sentyabr kuni MTT da  birinchi taomga mastava, ikkinchisiga chuchvara tayyorlagani aytilgan. Boshqarma ishchi guruhi tomonidan aniqlangan, kamchiliklar bo`yicha mutasaddilarga choralar ko`rish bo`yicha  hujjatlar tayyorlanmoqda.

"Holat yuzasidan mas`ullarga ko`rilgan choralar bo`yicha batafsil  ma`lumot beriladi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar