AsosiyJamiyat

Germaniya-Polsha mojarosi boshlandi

'Germaniya-Polsha mojarosi boshlandi'ning rasmi

Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau Germaniya kansleri Olaf Sholsning muhojirlar o`rtasida chegara nazoratini kuchaytirish taklifiga javoban undan Polsha suverenitetini hurmat qilishni so`radi, deya yozmoqda Zamon.uz. 

Polsha vazirining ta`kidlashicha, Germaniya kanslerining so`nggi bayonotlari mamlakat ichki ishlariga aralashishga urinishdir.

Rauningaytishicha, Sholsning so`nggi bayonotlari Polsha bilan yaxshi qo`shnichilik va do`stona hamkorlik asosi bo`lgan davlatlarning suveren tengligi tamoyillariga ziddir.

Polsha rasmiylari viza berishdagi qoidabuzarliklar tasodifiy ekanligini va bu ish tekshirilishini ta`kidlamoqda. Tergov doirasida Korrupsiyaga qarshi kurash markaziy byurosi etti kishini hibsga oldi.

    Boshqa yangiliklar