Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, “Mahalla beshligi” tizimi o`z samarasini berayotgani qayd etildi. Lekin bu bilan to`xtab qolmaslik, mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish zarurligi ta`kidlandi.
Bugungi yig`ilishga qadar mas`ullar mahallalarga borib, ulardagi haqiqiy holatni o`rgandi, joylardan takliflarni to`pladi.
Aniqlanganidek, “beshlik” yagona jamoa sifatida ishlamayapti, har biri o`z vazirligiga hisobdor. Xususan, ijtimoiy daftarlardagi mablag`larni to`g`ri taqsimlashda “beshlik”ning hamkorligi, mahalla raisining o`rni bilinmayotgani ko`rsatib o`tildi.
26.09.2023 18:32
Mirziyoev boshchiligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi
