Ijtimoiy tarmoqlarda vatandosh hotin-qizlarimizni Istanbul, Antalya, Izmir, Bodrum va boshqa shaharlarga katta mablag` evaziga "Konsomatris" (Kons) ishlariga taklif etib reklamalar tarqatilayotgani kuzatilmoqda. Bunda Paviyon (tungi kafe) hodimlari yosh qizlarni yollab, kelgan mijozlariga o`z narxidan oshirilgan narxlarda ichimlik va oziq-ovqat oldirish uchun yollamoqda. O`zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, mazkur faoliyat turi bilan shug`ullanganlarga mahalliy polisiya tomonidan Turkiyadan chiqarib yuborilish chorasi ko`rilmoqda.
"Bu Konsomatris faoliyati bizning urf-odatimiz, milliy an`analarimiz va muqaddas dinimizga to`g`ri kelmasligi hammamizga ma`lum.
Turkiya hududida huquqbuzarliklar ishtirokchisi bo`lib qolishingiz, jabr ko`rishingiz yoki aybdor bo`lib qolishingizning oldini olish maqsadida, Siz yashab turgan davlatning qonun talablariga rioya qilishingizni, o`zingiz va yaqinlaringiz hayoti va sog`ligiga havf tug`dirishi mumkin bo`lgan joylar va shaxslardan yiroq bo`lishingizni tavsiya qilamiz.
Agar Sizda shu kabi reklama tarqatayotganlar va konsomatrislikka jalb qilayotgan shaxslar haqida ma`lumot bo`lsa konsulxonaga habar berishingizni so`raymiz", - deyiladi rasmiy xabarda.