AsosiyJamiyat

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxona portladi

'Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxona portladi'ning rasmi

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda  FVV Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shunga ko`ra, 16 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro`y bergan hududga etib borgan, hozirda yong`inni o`chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma`lum qilishicha, yong`in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari bo`yicha hozircha ma`lumot kelib tushmagan. Hodisa yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.

Sergeli tumanidagi hodisa "Samolyot qulashi oqibatida sodir bo`lgan" mazmunidagi feyk xabarlar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilmoqda. Bu mutlaqo haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Yong`in hodisasi “Inter Logistics” MChJga qarashli omborxonada sodir bo`lgan, deya qo`shimcha qildi vazirlik Axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar