AsosiyJamiyat

Yong`inni o`chirish ishlari davom etmoqda - FVV

'Yong`inni o`chirish ishlari davom etmoqda - FVV'ning rasmi

Ayni paytda ham FVV xodimlari tomonidan Sergelidagi yong`inni o`chirish ishlari davom etmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vaziyat to`liq nazoratga olingan. Yong`in soat 05:02 da qurshab olingan. FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida yong`in maydoni qisqartirilib borilmoqda. Voqea joyida dastlabki daqiqalardan boshlab FVV rahbariyati hamda kuch va vositalari, shuningdek, tegishli tashkilotlar xodimlari ish olib bormoqda. Yong`in kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida FVVning maxsus laboratoriyasi hodisa joyida ish olib bormoqda. Voqea joyida FVV rahbarligida shtab tashkil etilgan.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi hodisa "Samolyot qulashi oqibatida sodir bo`lgan" mazmunidagi feyk xabarlar tarqalmoqda. 

“Bu mutlako haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Yong`in hodisasi “Inter Logistics” MChJga qarashli omborxonada sodir bo`lgan”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar