AsosiyJamiyat

Toshkentdagi portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta`sir qilmadi — Uzbekistan Airport

'Toshkentdagi portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta`sir qilmadi — Uzbekistan Airport'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan bojxona omborxonasida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`ldi. Ayni paytga qadar berilgan ma`lumotlarga ko`ra, portlash va yong`in oqibatida jarohatlanganlar bor, qurbonlar haqida ma`lumot yo`q, hududddagi qator xonadonlar va boshqa ob`ektlar jiddiy zararlangan. 

Uzbekistan Airport hodisa poytaxt aeroportiga zarar etkazmaganini ma`lum qildi. 

"Voqea poytaxt aeroporti faoliyatiga hech qanday ta`sir ko`rsatmadi. «Toshkent» xalqaro aeroporti cheklovlarsiz odatiy rejimda ishlamoqda", - deyiladi xabarda. 

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi hodisa "Samolyot qulashi oqibatida sodir bo`lgan" mazmunidagi feyk xabarlar tarqalmoqda. 

“Bu mutlako haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Yong`in hodisasi “Inter Logistics” MChJga qarashli omborxonada sodir bo`lgan”, deyiladi FVV xabarda.

    Boshqa yangiliklar