AsosiyJamiyat

Portlashdan talofat ko`rgan uylarning zarari qoplab beriladi — Toshkent hokimi

'Portlashdan talofat ko`rgan uylarning zarari qoplab beriladi — Toshkent hokimi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan bojxona omborxonasida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`ldi. Ayni paytga qadar berilgan ma`lumotlarga ko`ra, portlash va yong`in oqibatida jarohatlanganlar bor, qurbonlar haqida ma`lumot yo`q, hududddagi qator xonadonlar va boshqa ob`ektlar jiddiy zararlangan. 

Ma`lum qilinishicha, Sergeli tumanidagi portlash va yong`in bo`yicha vaziyat Toshkent hokimligi tomonidan to`liq nazoratga olingan.  Quruvchi massividagi portlashda jabrlangan uy egalariga etkazilgan zarar qoplanadi.

“Moddiy zarar 2-3 kun ichida qoplanadi, bu muammolarni hal qilamiz”, dedi favqulodda hodisa joyiga etib kelgan Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar