AsosiyJamiyat

⚡️ Sergelidagi portlash sabab 15 yoshli bola halok bo`ldi

'⚡️ Sergelidagi portlash sabab 15 yoshli bola halok bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo`lgan kuchli portlash oqibatida 1 kishi halok bo`lgan.  Bu haqda "Gazeta.uz" Sergeli tumani hokimligi matbuotkotibi Shamshoda Ibrohimovaga tayanib xabar qildi. 

Qayd etilishicha, 15 yoshli bola boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktab o`quvchisi bo`lgan.

Matbuot kotibning ta`kidlashicha, hozircha boshqa vafot etganlar haqida ma`lumot yo`q.

SSV jabrlanganlar shifoxonaga olib ketilganini xabar qilgan. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, jabrlanganlar orasida omborxona xodimlari yo`q. 

    Boshqa yangiliklar