AsosiyJamiyat

Sergelidagi portlash: hudud atrofidagi bino va inshootlarning texnik holati o`rganilmoqda

'Sergelidagi portlash: hudud atrofidagi bino va inshootlarning texnik holati o`rganilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent, Sergelidagi dom va xovlilar yorilib ketgan, talofatlar ancha katta. Portlashga yaqin xududdagi uy devorlari, dom plitalari siljib ketgan" sarlavhasi bilan videolar tarqaldi. Ushbu xabarga Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkent shahar Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonalarning birida sodir bo`lgan kuchli chaqnash oqibatlari shu yaqin atrofdagi bino va inshootlarning konstruksiyalariga zarar etkazgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

"Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi mas`ullari, qurilish-loyiha institutlarining malakali ekspertlaridan iborat ishchi guruhi tashkil etilib, hudud atrofidagi bino va inshootlarning texnik holati o`rganilmoqda. Tafsilotlar haqida ma`lumotlar taqdim qilinadi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar