AsosiyJamiyat

Adliya xodimlari Sergelidagi voqea joyiga etib borishdi

'Adliya xodimlari Sergelidagi voqea joyiga etib borishdi'ning rasmi

Adliya vazirligi Axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, Adliya organlari xodimlari bugun Sergelida sodir bo`lgan voqea joyiga etib borishdi. 

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahar Sergeli tumanida sodir bo`lgan favqulodda holat yuzasidan olib borilayotgan zaruriy chora-tadbirlarga Adliya organlari ham jalb etilgan. Xususan vazirlik huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 20 nafar ekspertlari voqea sodir bo`lgan joyda holat bo`yicha tayinlangan tegishli sud ekspertizalari yuzasidan ob`ektlarni dastlabki ko`zdan kechirish, xodisa kelib chiqish sabablarini o`rganish, fuqarolarning mol-mulklariga etkazilgan zararlar miqdorlarini aniqlash ishlarini olib bormoqda.

Shuningdek, adliya organlarining mas`ul xodimlari jabr ko`rgan aholi bilan uchrashib, ularga tegishli huquqiy tushuntirishlar bermoqda hamda fuqarolarning yaroqsiz holga kelgan yoki yo`qolgan shaxsiy hujjatlarini tiklashga amaliy yordam ko`rsatishmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar