AsosiyJamiyat

Tanzila Narbaeva Sergelidagi portlash jabrlanuvchilariga Senat nomidan hamdardlik bildirdi

'Tanzila Narbaeva Sergelidagi portlash jabrlanuvchilariga Senat nomidan hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining 45-yalpi majlisi o`z ishini avvalida, Senat Raisi Tanzila Narbaeva kuni kecha poytaxtimizning Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo`lgan portlash oqibatida zarar ko`rgan hamyurtlarimizga parlament yuqori palatasi nomidan hamdardlik bildirdi.

"Davlatimiz Rahbarining topshirig`iga binoan holat bo`yicha zudlik bilan Hukumat komissiyasi ish boshladi.

Hozirda komissiya holat sabablarini o`rganish va talafotlarni bartaraf etish, jumladan jabrlanganlarga har taraflama yordam ko`rsatish bo`yicha barcha zarur choralar ko`rilmoqda.

Ishonamizki, tez fursatlarda xodisa oqibatlari to`liq bartaraf etiladi.

Fursatdan foydalanib, bunday og`ir damlarda matonat ko`rsatayotgan qutqaruvchi – harbiylarimizga (FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari ), shifokorlarimizga, qolaversa, jablanganlarga beminnat yordam qulini cho`zayotgan fidoyi hamyurtlarimizga hamda volontyorlik harakatiga barcha senatorlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz",dedi Senat raisi.

    Boshqa yangiliklar