AsosiyJamiyat

“Prezident safarda bo`lsalar ham, sizlar ularning e`tiboridan chetda qolmaysizlar” — Abdulla Aripov (video)

'“Prezident safarda bo`lsalar ham, sizlar ularning e`tiboridan chetda qolmaysizlar” — Abdulla Aripov (video)'ning rasmi

Bosh vazir Abdulla Aripov kuni kecha yuz bergan favqulodda hodisa yuzasidan Sergeli tumani aholisi bilan uchrashib, ular bilan muloqot qildi.

Muloqot vaqtida fuqarolardan biri davlat rahbari Germaniyadan turib ham ularni unutmaganini aytdi.  “Prezident hatto Germaniyadan turib ham bizni unutmadilar, qoyilman”, — dedi u.

Bunga javoban bosh vazir prezident safarda bo`lsa ham, tumandagi holatdan xabardor bo`lib turganini bildirdi.

 

“Germaniyada xizmat safarida bo`lib, kechasi 1 da hokimga telefon qildilar, menga telefon qildilar. Ertalab 8 da yana telefon qildilar. Prezidentimizga barcha kuchlar jalb qilinganini, 24 soat davomida ishlar tashkil qilinib, kechasi bilan ishlashganini bildirdim. Safarda bo`lsalar ham, ularning e`tiborlaridan chetda qolmaysizlar, xavotir olmanglar”, — dedi Abdulla Aripov.

 

    Boshqa yangiliklar