AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi

'Saida Mirziyoeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin bilan uchrashdi.

"Kuni kecha "Arxeologik hamkorlik – Bir makon, bir yo`l" ko`rgazmasining ochilishi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Pekindagi "Bir makon, bir yo`l" III xalqaro hamkorlik anjumani arafasida tashkil etilgan ko`rgazma O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi har tomonlama mustahkamlanib borayotgan strategik sheriklik munosabatlarining yana bir namunasi bo`ldi.

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik Buyuk Ipak yo`li davridagi o`tmishga borib taqaladi. Madaniyat va sayyohlik sohalarida, shu jumladan, qo`shma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni rag`batlantirish biz uchun nihoyatda muhimdir", - deya ta`kidladi Saida Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar