Hindistonda Nipah avj oldi. Aynan mazkur virusdan Hindiston janubidagi Kerala shtatida ikki kishi vafot etdi. Sanepidqo`mita mazkur xabarlar yuzasidan tushuntirish berdi.
Unga ko`ra, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Hindistonning Kerala shtatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi ma`lumotini taqdim etdi. Joriy yilning 22 sentyabr holatiga ko`ra, Nipah bo`yicha oltita holat tasdiqlangan bo`lib, ikkita o`lim holati yuz berdi. Savdo-sotiq ishlari bo`yicha boruvchi tadbirkorlar yoki sayohat uchun Hindistonga borishga chog`langan o`zbekistonliklarga mazkur virusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligi aytilgan:
- shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish;
mevalarni iste`mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
- yangi siqilgan xurmo sharbatini qaynatib ichish;
- ko`rshapalaklar tirnashi yoki tishlashi natijasida teshilgan mevalarni iste`mol qilmaslik.