AsosiyJamiyat

Prezident Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan iqtisodiy forumda nutq so`zlamoqda

'Prezident Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan iqtisodiy forumda nutq so`zlamoqda'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan iqtisodiy forumda ishtirok etmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda. 

Davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyo - Germaniya" iqtisodiy forumiga muntazam tus berib, navbatdagi uchrashuvni O`zbekistonda, barcha mamlakatlarning ishbilarmon doiralari ishtirokida o`tkazishni taklif qildi.

O`zbekiston Prezidenti global miqyosdagi ishonch inqirozining jahon bozorlariga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan, muqobil savdo-logistika yo`nalishlarini izlashga majbur qilayotgan oqibatlarini bugun mamlakatlarimiz ham sezayotganini ta`kidladi.

Shu munosabat bilan ishtirokchilarning e`tibori Markaziy Osiyodagi jarayonlarga qaratildi.

"Endilikda bu umuman boshqacha, kuchli va jips mintaqa. Mamlakatlarimiz birgalikda zamonaviy tahdidlarga samarali qarshi turmoqda, barqaror o`sishni namoyish etmoqda", - dedi Prezidentimiz.

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarining hisob-kitoblariga ko`ra, yaqin yillarda davlatlarimiz yalpi mahsulotining jami o`sishi besh foizdan ortiq darajada barqaror saqlanib qoladi.

    Boshqa yangiliklar