Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Uchquduq tumanida ekani aytilgan video lavha tarqaldi. Unda katta obe`ktda yong`in sodir bo`lgani aks etgan.
Darakchi.uz Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot kotibi Murod Sadiqov bilan bog`landi.
Ma`lum qilinishicha, yong`in NKMK jamg`armasi davlat muassasasi Uchquduq hududiy boshqarmasiga qarashli "Yoshlar" sport zalida yuz bergan. Hozirda yong`in to`liq bartaraf etilgan.
Yong`indan hech kim tan jarohati olmagan va talofat etkazilmagan. Tegishli mutaxassislar tomodan yong`in sababi va etkazilgan moddiy zarar aniqlanib, tegishli barcha choralar ko`riladi, deyiladi tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi bayonotida.






